Texnik yordam ko`rsatish

Maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari


“E-Metrologiya” - axborot tizimiga xush kelibsiz!

“E-Metrologiya” - axborot tizimi (bundan keyin matnda Tizim, deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun metrologiya xizmatlarini onlayn amalga oshiruvchi tizim hisoblanadi.

“E-metrologiya.uz” manzili – bu Tizimning serverdagi joylashuv o‘rnidir.

trans.Shaxsiy maʼlumotlar – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga (shaxsiy maʼlumot subyekti) bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan har qanday maʼlumot hisoblanadi.

Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi – jismoniy yoki yuridik shaxslarning maʼlumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning, boshqalarga taalluqli maʼlumotlardan ularning roziligisiz yoki qonuniy asoslarsiz foydalanmasligi va tarqatmasligi uchun majburiy talab hisoblanadi.

Tizimga kirganingizda yoki foydalanganingizda, Siz ushbu maxfiylik siyosati va foydalanish shartlarini to‘liq qabul qilasiz.

Shartlarni qabul qilish

Ushbu Tizimning har qanday sahifasiga kirib, Siz ushbu Shartlarga roziligingizni bildirasiz. Ushbu Shartlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va yangilangan Shartlar oldindan ogohlantirishsiz Tizimga joylashtiriladi.

Cookie-fayllar haqida maʼlumot

Tizimning baʼzi bo‘limlari parol bilan himoyalangan. Siz Tizimning parol bilan himoyalangan bo‘limlariga parolni qaytadan kiritishsiz kirishingiz uchun Tizim cookie fayllarni ishlatadi (cookies kompyuteringizda joylashgan bo‘lib sizning Internet-brauzeringiz boshqaruvi ostida bo‘ladi).

Tizimga kirish va akkauntingiz xavfsizligi

Sizning akkauntingiz elektron raqamli imzo hamda OneID orqali identifikatsiyalashtiriladi va Siz o‘zingizga tegishli elektron raqamli imzo va OneID maxfiyligini saqlashga masʼulsiz, aks holda shaxsiy kabinetingizga kirish taqiqlab qo‘yilishi mumkin.

Sizning ruxsatingizdan qatʼiy nazar, akkauntingizdan har qanday foydalanishlarga Siz javobgarsiz. Agar, akkaunt va/yoki parolingiz boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotgani haqida shubha qilsangiz, darhol info@nim.uz manziliga xabar bering.

Siz Tizimda bir akkauntdan tashqari boshqa akkauntlar bilan ro‘yxatdan o‘tmaslikka roziligingizni bildirasiz. Siz soxta nom bilan ro‘yxatdan o‘ta olmaysiz. Akkauntingizni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz info@nim.uz manziliga xabar bering.

Foydalanish cheklovlari

Tizimdan ushbu foydalanish shartlariga muvofiq faqatgina qonuniy maqsadlar uchun foydalanishingizga roziligingizni bildirasiz:

Tizimni ishlashini to‘xtatishga, ortiqcha yuklanishiga, zarar yetkazilishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladigan, hamda boshqa foydalanuvchilarning Tizimdan real vaqt rejimida ishlashiga to‘sqinlik yoki xalaqit berishga oid har qanday harakatlarni amalga oshirmaslikga;

Tizimga kirish maqsadidan qatʼiy nazar (shu jumladan, maʼlumotlarni o‘rganish, saqlash) robotlar, boshqa avtomatlashtirilgan qurilmalar, usullar va vositalarni qo‘llamaslikka.

Tizimning normal ishlashiga xalaqit beradigan har qanday qurilmalar, dasturiy taʼminotlar va jarayonlarni qo‘llamaslikka.

Virus va boshqa zararli materiallarni qo‘llamaslikka.

Tizimga avtorizatsiyasiz qirishga harakat qilmaslikka, hamda Tizimning maʼlumotlari joylashgan serverlar va Tizimning barcha bo‘limlari uzluksiz ishlashiga xalaqit va zarar bermaslikka.

Xizmatni rad etish yoki xizmat ko‘rsatishni taqiqlash orqali Tizimning ishlashiga to‘sqinlik qilmaslikka.

Tizimning normal ishlashiga to‘sqinlik qilmaslikka.

Majburiyatlar

Tizimdan foydalanib siz o‘zingizning harakatlaringiz va Tizimdagi maʼlumotlarni ishlatish oqibatlariga to‘liq javobgar bo‘lasiz.

trans.Tizimning maʼlumotlarini ko‘chirish, chop yetish yoki bironta vosita orqali tarqatish, hamda Internet yoki ommaviy axborot vositalarida joylashtirish faqat "O‘zbekiston milliy metrologiya instituti" davlat muassasasi yozma roziligi bilan amalga oshirilishi talab etiladi.

Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash

Tizimdan foydalanilganda, sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni to‘plash, qayta ishlash va ishlatish haqida xabardorligingizni tasdiqlaysiz.

Shaxsiy maʼlumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashning maqsadi, foydalanuvchini shaxsiylashtirilgan Tizim xizmatlari bilan taʼminlashdir, jumladan, shaxsiy bo‘lim, avtorizatsiyalash, parolni eslatishga ruxsat berish, hamda xabarnomalar yuborish, shartnomalar tuzish va foydalanuvchining talablarini bajarish kiradi.

Tizim xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash uchun, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini yig‘ish, ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘plash, saqlash, ulardan foydalanish, o‘chirish bilan bog‘liq har qanday harakatlar va / yoki faoliyat turlari kiradi.

Ushbu maxfiylik siyosati yuzasidan qandaydir savollar tug‘ilganda quyidagi manzilga murojaat qilish zarur:

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi, Toshkent shahri Farobiy ko‘chasi, 333 “A”.